Xijob masalasida

Assalomu alaykum! Biz taraflarda yani Qoraqalpokda ayniqsa chekkaroq joylarida xijobga bosim xaliyam biroz kuchliroq. Alxamdulillax xijobdaman, va xijobim xam oddiygina lekin bizlarga nisbatan bosim qilishyapti yaqinda uyimizga tekshirivchilarmi xullas orgon xadimlari kelib meni tizimga olib ketishibdi, uqish joyimgayam borib bizga uqshagan qizlarning xamma malumotlarini iyg‘ishyapti endi telefon raqamlarimizni ruyxatdan utqazib gaplarimizni eshitib utirishar ekan. Xozir yaqinlarim orasida meni tushinib tarafimni oladigan inson yuq, dadam shundog‘am lulini qizidan battarsan seni itam olmaydi deydi, oyim esa xatto menga seni sudga beraman deyapti menga xatto qul kutarishdanam toymaydi, turmush qurish bu Allaxning tag‘diri emasmi? Ularni nima dep qurqitishdi bilmayman lekin oyim endi seni dep jarima tulaymiz, sudga qatnap utiramiz deyishdan charamayapti. Xozir boshimdagi xijobimnan boshqa xijobim qolmadi oyim xammasin yashirib quygan bazida xatto kiyimnan qolgan mato bilan avrat yopishgayam tug‘ri keladi, men xam turmush qurishni istayman ammo benamoz inson bilan yashash juda qiyin, oyim esa seni namoz uqiydigan saqol quyganga aslo bermayman deydi, ular bilan xam tortishmaslikka xarakat kilyapman lekin xozir aynan nima qilishim kerakliginiyam bilolmay kolyapman, agar usha insonlar meni telofonda gaplashganlarimni chindan eshitib utirishsa oyg‘oqchiliq qilgan xisoblanadimi? Va oxiratda ular menga javob berishlari xam kerak buladimi? Xatto ota-onam xam oxiratda bu ishlarini tan olmasliklarini va pushaymon bulishlarini bilganim uchun xam Allox farzida maxkamroq turishga xarakat kilyapman, bizlarga maslaxat bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har qanday holatda ham satri avratni tark qilmang. Ota-onangiz va qarindoshlaringizdan xafa bo‘lmang. Ularning haqqiga duo qiling, shoyad qalblari taqvoga ochilsa. Sabr qilib farzda mahkam bo‘lsangiz faqat va faqat ajr olasiz. Vallohu a’lam!

16 Iyun 2022, 21:27 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar