Shu ishlar gunoh emasmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Bir xonadondan mayyit chiqsa o‘sha mayyitning farzandlari va nabiralari 40 kungacha tuxum eb bo‘lmaydi deyishdi. Shu gap rostmi yoki bid’atmi? O‘rta kecha degan marosim qilishyapti ayollarimiz, bu ishlari to‘g‘rimi?
2). Junub holatda vaziyat shuni taqozo qilib qolsa Qur’on tilovatini tinglasa gunoh bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bularning barchasi bid’at hisoblanib, nasoro va butparastlardan ta’sirlanishdir. 2). Junub holda eshitsa bo‘lsa ham, tez g‘usl qilishga harakat qilishi lozim. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:56 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar