Dushman siyosati

Assalomu alaykum! Ochiq Xat kitobini o‘qir ekanman dushman Islomga zarar berishda Qur’on va Hadisdan foydalanyapdi degan xulosaga keldim. Oyat va Hadis aytib, ularga ma’no aytayotganda o‘zining gapini aytyapdi. Qiziq tomoni shuki, dushman Qur’on va Hadisni daqiq bilsagina bunday siyosatni amalga oshirishi mumkin. Chunki Oyat va Hadisga ma’no aytayotganda o‘zining gapini aytayotganini, aslida  haqiqiy ma’no boshqacha ekanligini biladi. Ya’ni haqni botilga chiqarayotganini o‘zi biladi. Nega bilib turib yana shu ishni qilyapdi, iymon keltirmayapdi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “A’rof” surasida marhamat qiladi : مَن يُضْلِلِ اللّهُ فَلاَ هَادِيَ لَهُ وَيَذَرُهُمْ فِي طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ۝ 186. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hidoyat qiluvchi yo‘qdir. Ularni tug‘yonlarida tentiragan hollarida tek qo‘yib qo‘yadi. Demak, ularning zalolatga ketishlariga tug‘yonlari sabab bo‘lgan. O‘sha tug‘yonlari – haddan oshishlari tufayli zalolatga ketdilarmi? Alloh ularni o‘sha tug‘yonlarida tek qo‘yib qo‘yadi, adashib-uloqib, hayron bo‘lib yuraverishadi. Ularni hidoyat qiluvchi topilmaydi. Chunki dastlab o‘zlari hidoyat yo‘lidan yuz o‘girib, tug‘yonga ketdilar. Shu ahvollariga qaramay, ular yana qiyomat soati haqida savol ham berishadi. Binobarin, go‘yo hamma narsani tushunadigandek ko‘rinishga harakat qilishadi. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:57 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar