Sarroflik

Assalomu alaykum! Quyidagi savol javobni o‘qidim. Savol. Assalomu alaykum! Menda boshqa valyutada pul bor, lekin menga hisob raqamda pul kerak bo‘layapti. Bir odam bilan kelishib, u pul o‘tkazsa, men naqd pul (boshqa valyutada) bersam va shu ish uchun ma’lum foiz saqlasam bo‘ladimi? Javob.  Va alaykum assalom! Bu sarroflikka kirib, jins(pul birligi) ikki xil bo‘lsa, xohlaganingizga kelishishingiz mumkin. Vallohu a’lam! Bu holatda qo‘lma-qo‘l bo‘lish sharti bajariladimi yoki bu zarur emasmi? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta qo‘lma-qo‘l bo‘lishi shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:03 | Savol-javoblar | 185 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar