Erim taloq aytib tan olmayapti

Assalomu alaykum! Men Jizzaxdanman xozir juda tushkunliklaman. Iltimos sizlardan sovolimga tezroq javob berishlaringizni so‘rayman. Turmushimizga 12 yil bo‘ladi. 1nafar farzandimiz bor. 2019-yil noyabir oy boshida judda katta janjal bo‘ldi. Uy masalasida. 2012-yildan beri ijarada yashayman. Uy masalasi janjallaship qoldik. Xo‘jaynim 1-taloq 2-taloq dedi. 3-sini eslolmayman. Endi menga yaqinlashma xaromsan dedi. Oradan 10-15 kun o‘tib yarashib oldik. Taloq manosini netdan izladim. Xo‘jaynimga nima manoda aytdingiz desam men aytganim yo‘q dep jaxli chiqayapi. Imomga borib aytaylik bo‘lgan voqeyani deb qancha urinsam xam bormayman men aytganim yo‘q deyaptilar. O‘zimiz yashaydigan joyga yaqin imomga borib bo‘lgan voqeyani aytdim. Imom taloq tushmagan dedi. Nikox o‘qitib yuboraslar dedi. Sizlardan iltimos vijdonim qiynalip tushkunlikka tuship qolganman. Javoblaringizni kutaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eringizni gapi yolg‘onligi aniq, chunki birinchi ikkinchi taloq deb og‘zidan chiqqan. Ayol kishi bunday o‘rinda qozining vazifasini bajarib o‘zi hukm chiqarish kerak. Erli hayot ham ersiz hayot ham 20-30 yilda tugaydi. Ammo zinoda yashaganlarni do‘zaxdagi hayoti taqvoda yashaganlarning jannatdagi hayotini cheki yo‘q. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 12:51 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar