Dugonamdan qarzmanmi
Assalomu alaykum! Men o‘zimning shaxsiy kitoblarim uchun pechat yasattirmokchi edim. Telegram tarmog‘ida shunga o‘xshash narsalarni yasab beradigan bir insonni ko‘rib qoldim. Va unga yozib zakaz berdim menga qo‘shilib dugonam xam men orqali zakaz qildi. Biz qanday dizaynda bo‘lishini aytdik. U bo‘ldi 2-3 kunda tayor bo‘ladi dedi. Man yana noto‘g‘ri tushungan bo‘lmang rangga bosib bosiladiya dedim xa dedi. Keyin bir necha kundan so‘ng so‘radim tayor bo‘ldimi deb uzur ishlarim ko‘payib ketdi dedi mayli dostavka qilib beraszmi uni yoki o‘zim borib olamanmi dedim yana aytdim noto‘g‘ri tushungan bo‘lmang deb tez tayor bulganiga shubxalanib, u noto‘g‘ri tushunibman elektron pechat qilaman man dedi. Sizdan so‘radimku axir tushunmasligiz uchun rangga bosilib bosiladimi pechat elektron pechat unaqa bo‘lmaydiku dedim noto‘g‘ri tushunibman dedi keyin pulimni qaytarib tashlab beraszmi dedim. Zakaz qilayotganimda boshida tolov oldindan degan edi va man osha vaqtdayok tashlab bergandim pulini. Keyin raqamini berdi mana tel qilib eslatasiz deb tashlamali pulni man telegramda xam ancha yozdim. Tel xam qildim xa tashlab beraman xo‘jayinimga aytyabman eslaridan chikib qoladi dedi. Xullas ancha vaqt o‘tdi so‘radim unday bunday deb bermadi. Keyin telegram akkauntini o‘chirib tashlabdi sms xam yozdim indamadi baribr. Savolim shuki dugonam ikkalamizga man zakaz qilgandim u bilan man gaplashgandim albatta xammasidan dugonamni xam xabari bor edi. Xozirda man dugonamdan qarz bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar dugonangiz nomidan vakil bo‘lib u uchun buyurtma bergan bo‘lsangiz, to‘lab bermaysiz. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar dugonangiz nomidan vakil bo‘lib u uchun buyurtma bergan bo‘lsangiz, to‘lab bermaysiz. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar