Sud orqali ajrashish, ayolga taloq berilgan o‘rnida o‘tadimi?
Assalomu alaykum! Er anchadan buyon qamoqda, ayoli farzandlari bilan o‘z onasinikida yashaydi, er xam uning uydagilari xam ayolga xech qanday moddiy yordam ko‘rsatmaydi. Erning jazo muddati tugashiga yaqin qolganida qamoqxonada biror ishkal qilib yana o‘ziga o‘zi muddat qo‘shtirib oladi. Ayolni eri bilan umuman yashagisi yo‘q va maxalla xamda sud orqali batamom ajrashdi. Lekin er taloq berishdan bosh tortayapti. Xozirgi sudlarni qarori ilgarigi qozilarning qarori kuchiga egami? Ya’ni ayol sud orqali ajrashsa eridan taloq olishi shart emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! G‘azabini chiqarib yoki birortasining kuchi bilan majbur qilib talog‘ini olishi kerak. Taloq demasdan nikoh buzilmaydi. Shunda ham biror ish chiqmasa mahalla oqsoqoli mahallaning imomi afzali o‘sha joyning qozisi ishni ko‘rib chiqib, taloq hukmini chiqarsin. Mutaannit, ya’ni qodir bo‘la turib ayolini nafaqasi bermaydigan er Shar’iy istilohda mutaannit deb, qodir bo‘la turib ayolining oziq-ovqat nafaqasini bermaydigan erga aytiladi. Bunday erning ayoliga ham qattiq zarurat tug‘ilganda molikiya mazhabining hukmi olinadi. Er ayolning non, nafaqasiz bir necha yil o‘z holiga tashlab qo‘ysa, bas ayol yoki uning yaqinlariga erdan taloq qo‘yishni so‘rab talab qilish haqqi bor. Agar er ayolga taloq qo‘yishdan bosh tortsa, ayol mahr evaziga xulu’ qildirishi mumkin. Agar er unga ham ko‘nmasa va ayol non, nafaqada qiynalib qolsa, shu bilan bir qatorda gunoh ishga qo‘l urub qo‘yishi xavfi bo‘lsa yoki non, nafaqasi boru, lekin, izzat nafsini saqlay olmaslik xavfi bo‘lsa, bunday og‘ir vaziyatda ayol eri ustidan qoziga ariza taqdim qiladi va qozi jarayonni guvoh va dalillar yordamida to‘liq o‘rganib chiqadi. Agar ayolning qilgan da’vosi to‘g‘ri bo‘lsa, ya’ni er nafaqaga qodira bo‘la turib nafaqa bermayotgan bo‘lsa, qozi erga: “Ayolingni haqlarini to‘liq ado qil. Agar nafaqani bermasang ikkingizni o‘rtangizni tafriyq qilaman” deb hukm qiladi. Agar er qozi tomonidan chiqarilgan qarorga amal qilmasa, bas qozi u ikki er-xotin o‘rtasini ajratadi. Bunday holatda erga muhlat berilmay tezda er-xotin o‘rtasi ajratiladi va ajrim raj’iy taloq deb e’tiborga olinadi. Ajrimdan keyin mutaannit er o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lishi Mutaannit er ajrimdan keyin o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib qaytsa, er ayolni qaytarib ololaydimi yoki yo‘qmi? Bas buni ikki surati bor: 1. Ayol ajrimdan keyin idda o‘tirib iddasini tugatsa va er o‘z qilmishiga pushaymon qilib ayolni qaytarib olish uchun kelsa, bu holatda erning ixtiyori butkul tugaydi. Chunki, iddadan keyin raj’iy taloq boinga aylanadi. Ha, albatta tomonlar roziligi bilan ikkinchi marta nikoh qilish mumkin; 2. Er ayolni iddasi tugashidan oldin qilmishidan pushaymon bo‘lib, ayolni nafaqalarini berishga tayyor bo‘lib kelsa, bu holatda molikiya mazhabida biror rivoyat kelmagan. Shuning uchun muftiylar bu holatda ikki ehtimolni naql qilganlar: 1. Ajrim sababli raj’iy taloq voqe’ bo‘ladi va idda ichida er ayolni qaytarib olishi mumkin; 2. Boin taloq voqe’ bo‘ladi va erda ayolni qaytarib olish haqqi qolmaydi. Alloma Solih avvalgi qavlni rojih deb, ta’kidlagan. Ashraf Ali Tahonaviy: “Fatvo shunga. Lekin, nikohni yangilab olish yaxshi” deganlar. Foyda: Raj’iy taloq iddasida ayolga erni qaytishi sahih bo‘ladi. Ayol uchun esa, bunday holatda boshqa erga turmushga chiqishi haromdir. Ayol bunday holatda erini oldida qolishi lozim. Shuning uchun ayolga nikohni yangilab olish lozim. Agar ayol o‘zini bilimsizligi sababli nikohni yangilab olmasa, er nikohni yangilamasdan yashashi joiz. Nafaqani ado qilishdan ojiz er Er ishsizligi tufayli ayolni nafaqa bilan ta’minlamasa va talog‘ini berib ham yubormasa, natijada ayol haddan ziyod qiynalib qolsa, avvalo erni xulu’ qildirishga ko‘ndirishga harakat qiladi. Agar er unga ham rozi bo‘lmasa, ayol esa, shar’iy ruxsat berilgan o‘ziga mos biror kasbni ham topa olmasa yoki ayolni nafaqasini berib turishga biror kishi kafil bo‘lmasa, molikiya mazhabiga muvofiq ayol qoziga ariza taqdim qiladi. Qozi ayolning da’vosini guvohlar bilan o‘rganib chiqib, uni to‘g‘ri deb topsa, qozi avval erga ahli ayolini nafaqasini tartibga solishi uchun ma’lum muddat beradi. Undan keyin ham ayol nafaqadan mahrum qolaversa va er biror chora topa olmasa, qozi holatni o‘rganib chiqib: “Bunday holatda ayolga biror nuqson, hayotiy qiyinchilik etibgina qolmay biror fitnaga mubtalo bo‘lishi mumkin” degan qarorga kelsa, ayolning ajrim so‘rab taqdim qilgan arizasiga muvofiq er-xotin nikohini fasx qiladi. Bu nikohni bekor qilish raj’iy taloq deb e’tiborga olinadi. Ayol iddasini o‘tkazgandan keyin boshqa joyga turmushga chiqishi mumkin. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush