Erning ayoli oldidagi vazifalari
Assalomu alaykum!Singlimni iymonli, 5 vakt namozni koldirmaydigan, oliy malumotli, ukimishli oilaga berganmiz. Yashab kurmagungacha bilish kiyin ekan. Bu oilada ayollarga xizmatkor sifatida karalib, umuman inson sifatida kurishmas ekan. Ayollar ertalabdan kechgacha uy ishlarini kilishlari, erkaklar kilishi kerak bulgan ogir uy ishlarini xam bajarishlari bilan birga kaynotaning tinimsiz uyat suzlar bilan xakoratlashlarini eshitishlari xam kerak. Uyda fakat bir maxal ovkat eyishga ruxsat beriladi. Emizikli ayollar kun buyi ochlikdan kechgacha bazur chidashar ekan. Singlim yakinda dekret ta’tiliga chikkanlar. Juda kup sikilganlaridan 1-farzandlari nobud buldi, 2-farzandlari xam nimjon tugildi. Davlatimiz tomonidan onalarga sogliklarini tiklash uchun beriladigan dekret pulini xam olib kuyib oilaning erkaklari sanatoriyalarga borib dam olib kelishdi. Yakinda singlim ogir nevrologik kasal bulib koldi. Shifokorlar xam xayron, xali 25 tulmagan yosh ayolda kon bosimi, kuchli asab tolikishi..?! Iltimosim ayollarning erlari oldilaridagi xaklari xakida batafsil yozsangiz. Erlar ayollarini yuz-kuzlariga urishga xaklari bormi? Emizikli yosh bolasi bor uyda ovkat eyishni cheklash mumkinmi? Ayoli bemor bulgach esa ota-onasinikiga junatib yuboish xakida fikringiz kanday?Xurmatli Odina opa, singlimni bu soxada bilimi ozligi uchun unga Siz orkali yordam berishni istardim. Chunki ayol bulib dunyoga kelish+ bu xar kanday xurlik va kamsitishlarga rozi bulish degani emas-ku!Javobingiz uchun katta raxmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
va alaykum assalomjuda ham achinarli holatsizning hamma savollaringizga javob Shayx xazratlarining "Baxtiyor oila" kitoblarida bor. shu kitobni o‘qishni tavsiya qilaman.Alloh erkaklarga insof bersin.
28 Aprel 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 202 | Ayollarga oid masalalar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
va alaykum assalomjuda ham achinarli holatsizning hamma savollaringizga javob Shayx xazratlarining "Baxtiyor oila" kitoblarida bor. shu kitobni o‘qishni tavsiya qilaman.Alloh erkaklarga insof bersin.
28 Aprel 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 202 | Ayollarga oid masalalar