Yana taqsit savdosi

Assalomu alaykum xurmatli Shayx Xazratlari!Men avtomashinani taqsit savdosi orqali sotishni rejalashtiryapman. Fiqh.uz saytidagi dolzarb mavzular ruknida taqsit savdosi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘qib, juda ham xursand bo‘ldim. Ushbu matnga mehnat sarflaganlarning Alloh ikki dunyosini obod qilsin!Taqsit savdosi nizomining 4-moddasida: "Taqsit savdosida sotuvchi xaridordan bahoni hamma qismini to‘liq ado etguncha garov yoki zararni va to‘liq to‘lash kafolatini so‘rashligi joizdir" deyilgan ekan. Yana ushbu nizomning 8-moddasida: "Xaridor zimmasidagi berishi kerak bo‘lgan bo‘lakni kamida ikki marotaba o‘z vaqtidan kechiktirsagina, qolgan pulni naqd qilib berishga tuzilgan kelishuv amalga oshadi". Bundan tashqari matnda, mashinaning xujjatlarini garov sifatida ushlab turish haqida so‘z borgan.Tasavvur qilaylik, shartnoma bajarilishining bar vaqtiga kelib, xaridor to‘lovni muttasil kechiktirishni boshladi yoki to‘lovlardan umuman bosh tortdi va shartnoma shartlari bo‘yicha qolgan pul naqdga aylandi. Ushbu xolatda mashina xujjatlari sotuvchida garov sifatida turibdi va sotuvchi xaridorga: "shartnoma shartlari bo‘yicha qolgan pullar naqdga aylandi, foydasini olib tashlab menga qolgan pullarni to‘lab ber" deb talab qildi. Biroq, xaridor bunday qilishdanam bosh tortdi. Shu holatda, mashinaning xujjatlari sotuvchida turganligi sababli, sotuvchi xaridordan mashinani majburan qaytarib olib, bozorda sotib, o‘ziga tegishla pullarni olib, qolganini xaridorga qaytarsa bo‘ladimi? Yoki ushbu xolatda, sotuvchi o‘ziga shar’an tegishli mablag‘ni shar’iy yo‘l bilan qanday olsa bo‘ladi?Men mashinaning xujjatlarini garov sifatida ushlab turish nima ma’noni anglatishini tushunmoqchiman xolos.Alloh ilmingizni bundanam ziyoda va islom ummatiga xizmatingizni bardavom qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qilgan mulohazangiz to‘g‘ri. Garov ushlab turish sotuvchining kuyib qolmasligi uchundir.

5 May 2022, 23:07 | Savol-javoblar | 145 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar