Kvartira zakoti

Assalomu alaykum! “Zikr ahlidan so‘rang” hay’ati a’zolari, vaqtlaringizni olganim uchun uzr. “Izlash xizmati”dan savolimga qoniqarli javob topa olmadim. Men yashab turgan 4 xonali kvartiramdan tashqari yana 3 xonali kvartiram bor. O‘sha 3 xonali kvartiramga oyiga 400ming so‘mdan kvartirant qo‘yaman. Oyligim 800mingga ham etmaydi, hammasi plastikda. Plastikni naqd pul qilish ham muammo, plastikda narxlar qimmat. Oylik maoshim va kartirantdan olgan daromadim bir oyga uchma-uch etadi. Men ba’zida kvartirantdan olgan daromadimdan zakot berish yoki bermaslik to‘g‘risida o‘ylar edim, lekin ro‘zg‘ordan orttira olmaganligim sababli bu ishni amalga oshira olmasdim. Endi o‘sha uyni sotmoqchiman. Men oldin kvartiradan olgan daromadlarimdan zakot berishim kerak edimi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ijaraga berilgan uy-joy kabi narsalardan zakot berilmaydi. Siz o‘sha uyingizni sotsangiz va bir yil qo‘lingizda puli tursa, o‘sha puldan zakot vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:01 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar