Kitob egasining ruxsatisiz kitobni tarjima qilish

Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Qidirish xizmatidan savolim javobini topa olmadim. Man bir chet ellik insonni kitobini tarjima qilishni niyat qilgan edim. Shuning uchun muallifni topib roziligi olish uchun kitobni ichidan qidirib shu kitobni chiqargan nashriyot bilan bog‘landim va o‘sha nashriyot xodimlaridan muallifning kontaktlarini so‘radim. Lekin ular siz bizga xat yuboring, biz esa muallifga yuboramiz deshiydi. Shundan so‘ng ikki marta xat yubordim lekin javob kelmayapti. Agar man o‘sha kitobni muallif ruxsatisiz tarjima qilib tekinga yoki pulga boshqa odamlaga bersam bo‘ladimi? Bu ishim xalolmi yoki xarom? Avvaldan raxmat.  
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mualliflik haqqlariga rioya qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:05 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar