Shubhali tovuq go‘shti

Assalomu alaykum!  Koreyada ishlayman, bizga ba’zida tovuq go‘shti berishadi. Shu go‘shtni imte’mol qilsa bo‘ladimi? Tovuqni qanday holatda so‘yilishini bilmayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haromligi aniq bo‘lgan taomni emang, ovqatini ham ichmang. عن الحسن بن علي رضي الله عنهما قال : " حفظت من رسول الله  صلي الله عليه وسلم : دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ ، فَإِنَّ الصِّدْقَ طُمَأْنِينَةٌ، وَإِنَّ الْكَذِبَ رِيبَةٌ  رواه النسائي Hasan ibn Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Seni shubhaga soladigan narsani qo‘yib, shubhasizini ixtiyor qilgin. Chunki sidq, hotirjamlik. Kizb esa shak-shubhadir” deganlarini eslab qolganman". Nasaiy rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:07 | Savol-javoblar | 178 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar