Mo‘minlik haqida
Assalomu alaykum! «Bir mo‘min bir mo‘minni qalbiga xursanchilik solsa jannatiydir» degan hadisni o‘qib, o‘rtog‘imga “agar sen meni qalbimga xursanchilik solsang jannatiy bo‘lasan ekan” desam, yana bir o‘rtog‘im “sen o‘zingni mo‘min hisoblayapsanmi, men o‘zimni mo‘min hisoblamayman” deb aytdi. Hamma musulmonlar ham o‘zini mo‘min va mo‘minalikka davo qilolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir inson “Alhamdulillah men mo‘minman” deyishi kerak. “men o‘zimni mo‘min hisoblamayman” deganidan maqsad o‘zimni komil mo‘min hisoblamayman deganidir. Hadislarda ham bir necha o‘rinlarda “falon falon ishlarni qilsa mo‘min bo‘lmaydi” deb kelgan. Ulardan maqsad ham komil mo‘min bo‘lolmaslik iroda qilingan. O‘zini mo‘min emas kofir deyish joiz emas, balki kufrdir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:09 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar