Islomga kirmasdan jannatga kirish
Assalomu alaykum! Men Zakir Naikni maruzalarini ko‘p ko‘raman ya’ni savolga bergan javoblarini. Bir hind undan men islomni qabul qilmasdan, lekin hayotda solih amalalr qilib halol pul topib odamlarga yaxshlik qilib yashasam janantga kiramanmi deganida u Allohga ibodat qilib zikr qilmaguningizcha kirolmaysiz deb javob berdi. Ammo bir boshqa inson undan nega insonlar musulmon oilasida tug‘iladiyu boshqa millatlilar boshqa dinlarga mansub oilalarda tug‘iladi. Ularning jannatga kirishi ehtimoli yuqoriku, Alloh adolatli degan edingiz axir, bu adolatszku deganida, jannatga kirish uchun Islom diniga mansub bo‘lmasdan turib kirish mumkin deb Qur’ondan oyat keltirdi va hayotda insonlarni yaxshlikka sabr qilishga undasa solih amallar qilsa jannatga kira oladi deb aytdi. Savolim shuki bu gaplarning qay biri to‘g‘ri va rostan ham nega xristian, buddaviylik, yahudiy oilalarda tug‘ilgan insonlarning musulmon oilada islom davlatida tug‘ilishga haqqi yo‘q. Nega insonlar zalolatga botgan davlatda tug‘ilishadi va aholisi kabi dindan yiroq ishlarni qilishadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri tushunibsiz. Islomga kirmasdan jannatga kirish mutlaqo joiz emas. Tarjimon xato tarjima qilibdi. U erda islomga kirmasdan ham jannatga kirishingiz mumkin degan joyi yo‘q. Bir narsani aslo unutmang, kim qaysi din va millatga mansub bo‘lmasin albatta Alloh taolo unga islomni ro‘baro‘ qiladi. Yoki televideniya kabi narsalar bilan yoki biror musulmon yoki biror voqe’a sabab bilan bo‘lsa ham. Alloh albatta tanlash ixtiyorini unga beradi. Tanlayotganlar ham kam emas. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 00:16 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar