Kalvin klein modasi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Kalvin klein mahsulotlari (kiyim-kechak va hk) urf bo‘lmoqda ekan. Kalvinizm — xristian mazhablaridan biri ekan. Demak, biz musulmonlar bunday yozuvli kiyish yoki foydalanishimiz mumkin emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Calvin Klein o‘sha mahsulotlarga asos solgan modelerning ismi. Uni dinga aloqasi borligi haqida ma’lumotimiz yo‘q. حَدَّثَنَا مُعَاذُ بْنُ فَضَالَةَ، حَدَّثَنَا هِشَامٌ، عَنْ يَحْيَى، عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حِطَّانَ، أَنَّ عَائِشَةَ رَضِي اللهُ عَنْها حَدَّثَتْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَمْ يَكُنْ يَتْرُكُ فِي بَيْتِهِ شَيْئًا فِيهِ تَصَالِيبُ إِلَّا نَقَضَهُ Oisha roziyallohu anho shunday so‘zlab berdi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam uylarida xochsimon suratlarning birortasini qo‘ymay buzib tashlardilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:18 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar