Ushrni xizmatchiga berish

O‘tgan safargi ushrni qanday ado etish to‘g‘risidagi bergan savolimga javobingiz uchun tashakkur hazrat. Endi ushrni kimga berishimni aniqlashtirib olishimda yordam bersangiz, iltimos. Gap shundaki, men issiqxonada pomidor etishtirish uchun bir shaxs bilan shartnoma qilganman. Unga ko‘ra pomidorni etishtirish uchun ketadigan barcha xarajatlar mening bo‘ynimda, ya’ni ko‘chat, o‘g‘it, turli kimyoviy dorilar, issiqlik energiyasi xarajatlari va h. K. Undan esa mexnat qilish, ishchilarning oyligi va o‘zlarining ovqatlari xarajatlari. Shunda mahsulot sotishdan tushgan pulning (xarajatlarni chegirib qolmagan holda) 17 foizi uniki, qolgani meniki. Garchan mening xarajatlarim qoplanmagan taqdirda ham u o‘zinikini olaveradi. Bu mavsumda Alloh xohlasa taxminan (+, -) ellik million so‘mlik savdo bo‘lishi kutilmoqda. Shunda xizmatchiga tegadigan pul 8, 5 million so‘mni tashkil etishi kerak. Gap shundaki shu kungacha xizmatchi mendan uning bo‘yinidagi xarajatlari uchun oz-ozdan olgan pullari deyarli 8, 5 millin so‘mga yaqinlashib qoldi. Oxirida hisob-kitob qilganimizda shuncha mexnatni qilib, u mendan qarzdor bo‘lib qolishi mumkin deb qo‘rqayapman. Yuqoridagilarni inobatga olib, men ushrni (taxminan 2, 5 mln. So‘m bo‘ladi) shu xizmatchiga buni zakot ekanligini aytib bersam bo‘ladimi. Bu xizmatchi uzoq viloyatdan ahli ayoli va farzandlari bilan tirikchilik uchun atayin kelgan. Savolim cho‘zilib ketgani uchun uzr, rozi bo‘ling.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘ladi.

2 May 2022, 22:44 | Savol-javoblar | 136 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar