Agar yana onam bilan urushseng taloqsan desa

Assalomu alaykum! Aziz Ustozlar, ayrim oilalarda bo‘lganidek bizning ham oilamizda kelishmovchiliklar bo‘lib turadi. Bundan bir yil oldin erim qat’iy turib menga “agar yana onam bilan urushseng taloqsan” dedi. Keyin men qaynonam bilan yarim yil gaplashmadim. Homilador edim, meni ko‘chada ko‘rsa qarg‘ardi, bir kun meni ko‘rib “sen haromi bola orttirding, o‘lik tug‘ilsin” dedi. Shunda men ham o‘zimi bosolmadim gapirdim, aytishib ketdik. Endi menga taloq tushgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Urishgan bo‘lsangiz sizga taloq tushgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:20 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar