Taloq harom bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Hayz vaqtida taloq aytilgan bo‘lsa, taloq tushadi lekin harom bo‘ladi, iddasi chiqmagan bo‘lsa tezda talog‘ini qaytib olishi kerak deb eshitdim. Shu gap rostmi? 2) Agar iddasi chiqqan bo‘lsa nima qilish kerak? 3) Taloqni iddasi qancha vaqtdan keyin chiqadi? 4) Hammasi o‘z holicha qolsa gunohkor bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Rost, talog‘ini qaytarib olishi degani raj’iy taloqlarda bor. 2). Taloq soni uchta bo‘lmasa qayta yashashaga istak bo‘lsa shartlari to‘liq topilgan nikoh o‘qitib olish kerak. 3). Uch xayz yoki xomilador bo‘lsa bola tug‘ilganda. 4). Qanday qilib o‘z holicha qoladi? Agar shariatga xilof ish qilsa va o‘z xolicha qoldirilsa gunohda bardavom bo‘lish bilan qattiq gunohkor bo‘lish va alamli azobga sazovor bo‘linadi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 182 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar