Oyatul kursi haqida
Assalomu alaykum! Mani 3 ta savolim boridi. 1) Oilamizdagi kottalar chet elda ishlashadi. Man institutda o‘qiyman. Namoz o‘qishni judayam xohliyman lekin bilib bilmay xato o‘qib qo‘yishdan qo‘rqaman. Lekin namozni 23 yoshga kirib ham o‘qishni bilmasligim uyat. Gunohkorman. Sabr bilan har bir o‘rgatadigan odam yo‘q. Yaqinda yoshi ulug‘ namozxon otaxondan so‘raganimda Alloh ko‘rib turibdi san o‘qiyabsan ekan yurakdan niyat qilib qo‘y namoz o‘qishni Xudo xohlasa o‘qishni tugatsang ham o‘qisang bo‘ladi dedi. Bu qanchalik to‘g‘ri? 2). Qiz bola xayz ko‘rganida duolar qilishi mumkin emas deb eshitdim shu to‘g‘rimi? Chunki man Xar tunda Oyatul Kursini o‘qib uxliyman. 3). Eshitishim bo‘yicha Oyatul Kursini 101 marta ixlos bilan o‘qisa niyatla ro‘yobga chiqarkan. Shu rostmi? Javoblar uchun rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha yoshi ulug‘ namozxon otaxon noto‘g‘ri aytibdi. Sizga namozni kechiktirsa bo‘ladi degan odam iymoniga ehtiyot bo‘lsin. Chunki Alloh taolo har bir balog‘atga etgan musulmonning zimmasiga namozni farz qilgan. Falondaqa fulandaqa bo‘lsa kechiktirish joiz degan gap Allohga qarshi chiqish hisoblanadi. Namozni unutuvchilar haqida Alloh taolo “Maa’uun” surasida marhamat qiladi: فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ الَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ 4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki…
5. Ular namozlarini unutuvchilardir.
Ya’ni namozning ma’nolarini, hikmatlarini, insonning vijdonini poklashini, qalbda marhamat-shafqatni qo‘zg‘ashini unutganlarning holiga voy! Joyi jahannam!
Alloh taolo «Ankabut» surasining 45-oyatida: «…albatta, namoz fahsh va munkardan qaytarur», – degan. Kim namoz o‘qisa-yu, yomon ishlardan qaytmasa, u namozini unutganlar jamoatidan bo‘ladi.
Ushbu oyatlarning ma’nosi haqida mufassirlarimiz bir qancha ta’villar aytganlar.
Abul Oliya: «Bular namozni o‘z vaqtida o‘qimaydiganlar, ruku’ va sajdalarini yaxshilab, batamom qilmaydiganlar», – degan.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Bu shunday namozxonki, u o‘zi o‘qigan namozidan savob umid qilmaydi va uni o‘qimasa, iqobidan qo‘rqmaydi», – deganlar.
Ibn Jarir Tobariy keltirgan rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan ushbu oyat haqida so‘ralganda, «Ular namozni o‘z vaqtidan orqaga suradiganlar», – deganlar.
Mufassirlarimiz ushbu jumladagi kelishik qo‘shimchalariga ham alohida e’tibor berganlar. Oyatda «An solatihim saahuun» – «namozlarini unutuvchilar», deyilmoqda, «fii solatihim» – «namozlarida» deyilmayapti. Shundan oyatda munofiqlar haqida so‘z ketayotgani kelib chiqadi. Chunki mo‘min kishi ham namoz ichida ba’zi narsalarni unutishi mumkin. Lekin unutish bilan unutishning farqi bor. Munofiqning namozni unutishi o‘qimaslik, unga e’tiborsizlik qilishi ila bo‘ladi. Mo‘min esa namozning ichida biror narsani unutib, xatoga yo‘l qo‘ysa, sahv sajdasi qilib, darhol to‘g‘rilaydi.
Ushbu oyatda zikr qilinganlar munofiqlar ekaniga kelasi ikki oyat ham dalildir. الَّذِينَ هُمْ يُرَاؤُونَ 6. Ular riyo qiladiganlardir.
Namoz o‘qisa-yu, namozning haqiqatini unutsa, yomonlik, ig‘vo, bo‘hton, yolg‘onchilik, buzg‘unchilik va boshqa razolatlardan qaytmasa, unday kishi riyokor, munofiq bo‘ladi. Odamlarning ko‘zini bo‘yash, ular huzurida obro‘ topish, o‘zini dindor qilib ko‘rsatish uchun namoz o‘qigan bo‘ladi. وَيَمْنَعُونَ الْمَاعُونَ 7. Va maa’uunni man qiladiganlardir.
«Maa’uun»ni ba’zi tafsirchilar zakot, deydilar, boshqalari esa xo‘jalikda kerak bo‘lib turadigan asbob-anjomlar, deydilar.
Islom satxiy, zohiriy narsalar dini emas. Balki ixlos va amal dinidir. Ibodatlar ixlos bilan bo‘lmasa, egasini yaxshi axloq va omillarga boshlamasa, haqiqiy bo‘lmaydi. Inson tili bilan «Musulmonman», deyishi, Islomiy amallarning ba’zilarini ado etishi, masalan, namoz o‘qishi ham mumkin, lekin haqiqiy musulmon bo‘lsa, iymon alomatlari uning yurish-turishida, muomalasida, gap-so‘zida, ishida, odob-axloqida – hamma-hammasida ko‘rinib turadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Hozirda siz shu ishni qilmoqdasiz.
2). Duo qilish mumkin, Qur’on tilovatini qilish joiz emas. Ixlos bilan duo qilinsa 101marta o‘qishga ham hojat yo‘q. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 19:46 | Savol-javoblar | 186 | Duolar