Vokzal kassasidagi xolat, nafl namoz, ro‘za

Assalomu alaykum! Poezdga bilet olgan edim. Bir kundan keyin ketadigan kunim o‘zgarib qoldi. Vokzalga borib qaytarib berib boshqa kunga almashtirmoqchi bo‘ldim, lekin ular biletni, to‘g‘rirog‘i bitta bo‘sh joyni bir kun band qilib turganim uchun 16 ming so‘m shtraf qo‘yishdi va biletni summasidan shu pulni echib olib qolganini qaytarib berishdi. Bu ribomi?
2. Bomdod vaqtida nafl namoz o‘qish mumkinmi?
3. Ruza tutganda burunni extiyotkorlik bilan chayish kerakligini bilamiz. Ro‘za tutganimda burnimga o‘ta extiyotkorlik bilan suv olib chayqasam ham ichimga suv yutib ketganday bo‘ladi. Shu holatda nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ribo emas. 2). Bomdod vaqti kirganidan to chiqqunicha nafl namoz o‘qish makruh. 3). O‘tib ketganini aniq bilmaguningizcha ro‘za ochilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:16 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar