Yotsa taxorat sinadimi

Assalomu alaykum! Bir xadisga duch keldim unda shunday deyilgan Yana Imom Termiziy va Imom Abu Dovudlar ibni Abbosdan rivoyat qilgan hadislarida rasululloh (s.a.v.): ان الوضوء على من نام مضطجعا فانه اذا اضطجع استرخت مفاصله «Yonboshlab yotgan kishiga tahorat vojib bo‘ladi. Chunki kishi yonboshlaganda bo‘g‘inlari bo‘shashadi», deganlar. Agar kishi biron narsaga suyanmasdan o‘tirgan holda uxlasa, tahorati sinmaydi. Shuningdek, qorni quldirasa-yu, biron hid yoki ovoz chiqmasa ham tahorat buzilmaydi. Shunga asoslanib yotganda taxorat sinadmmi? Kupchilik bu noto‘g‘ri yotganda taxorat sinmaydi deyapti. Ammo ular ilmli insonlar bo‘lmagani uchun ustozlardan javob olmoqchi bo‘ldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!  باب الوضوء من النوم21-BOB. UYQU TUFAYLI TAHORAT QILISh HAQIDAقَالَ مُحَمَّدٌ رَحِمَهُ اللهُ فِي (مُوطئه): قَالَ مَالِكٌأَخْبَرَنَا زَيْدُ بْنُ أَسْلَمَ قَالَإِذَا نَامَ أَحَدُكُمْ وَهُوَ مُضْطَجِعٌ فَلْيَتَوَضَّأْ.43. Muhammad rohimahulloh «Muvatto»sida shunday degan: «Molik aytadi: «Zayd ibn Aslam bizga xabar qilib, «Birortangiz yonboshlab uxlab qolsa, tahorat qilib olsin», dedi». أَخْبَرَنَا مَالِكٌ، أَخْبَرَنِي نَافِعٌ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَاأَنَّهُ كَانَ يَنَامُ وَهُوَ قَاعِدٌ فَلَا يَتَوَضَّأُ.قال محمدوبقول ابن عمر في الوجهين نأخذ، وهو قول أبي حنيفة.Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«U kishi o‘tirgan hollarida uxlar, keyin tahorat qilmas edilar».
(Imom Muhammad «Muvatto»sida rivoyat qilgan).
Muhammad aytadi: «Ibn Umarning gaplarini olamiz. Bu Abu Haniyfa rohimahullohning ham qavlidir». عَنْ قَتَادَةَ قَالَسَمِعْتُ أَنَسًا يَقُولُكَانَ أَصْحَابُ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَنَامُونَ ثُمَّ يُصَلُّونَ وَلَا يَتَوَضَّئُونَقَالَقُلْتُسَمِعْتَهُ مِنْ أَنَسٍ؟ قَالَإِيْ وَاللهِرواه مسلم.Qatodadan rivoyat qilinadi:
«Anasning «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari uxlab, so‘ngra namoz o‘qishar, tahorat qilishmas edi», deganini eshitganman».
(Roviy Shu’ba Qatodaga) «Buni Anasdan eshitdingmi?» desam, «Ha, Allohga qasam», dedi».
Muslim rivoyat qilgan. عَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «وِكَاءُ السَّهِ الْعَيْنَانِ، فَمَنْ نَامَ فَلْيَتَوَضَّأْ». رواه أبو داود وحسنه المنذري وابن الصلاح والنووي كما في (التلخيص).Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Orqaning bog‘ichi ko‘zdir. Kim uxlasa, tahorat qilsin», dedilar».
Abu Dovud rivoyat qilgan. Munziriy, Ibn Solah va Navaviylar «Talxis»da hasan deyishgan. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُما قَالَأَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَيْسَ عَلَى مَنْ نَامَ سَاجِدًا وُضُوءٌ حَتَّى يَضْطَجِعَ، فَإِذَا اضْطَجَعَ اسْتَرْخَتْ مَفَاصِلُهُ». رواه أحمد وأبو يعلى، ورجاله موثوقون كما في (مجمع الزوائد).Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sajda holida uxlab qolgan kishiga yotib qolmagunicha tahorat qilish yo‘q. Yotsa, bo‘g‘inlari bo‘shashadi», dedilar».
Ahmad va Abu Ya’lo rivoyat qilishgan. «Majma’uz-zavoid»da (sanadidagi) roviylari ishonchlidir, deyilgan. وَرَوَى الْبَزَّارُ عَنْ أَنَسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُأَنَّ أَصْحَابَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانُوا يَضَعُونَ جُنُوبَهُمْ، فَمِنْهُمْ مَنْ يَتَوَضَّأُ، وَمِنْهُمْ مَنْ لَا يَتَوَضَّأُقال الهيثميرجاله الصحيح، كذا في (فتح الملهم).فاختلف أنظار العلماء إلى تسعة أقوال. قال الأحنافلا يجب الوضوء على من نام جالسا أو قائما أو ساجدا حتى يضع جنبيه، فإذا اضطجع استرخت مفاصله، هكذا رواه البيهقي، فإن نام مضطجعا أو مستلقيا على قفاه انتقض، وهو قول أبي حنيفة وداود وحماد بن سلمة وسفيان رحمهم الله تعالى، والله أعلم، كذا في (الطيب الشذيوغيره.Bazzor Anas roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari yonboshlarini erga qo‘yar edilar. Ba’zilari tahorat qilar, ba’zilari tahorat qilmas edi».
Haysamiy: Roviylari sahih hadislarning roviylaridir, degan («Fathul Mulhim»).
Ulamolar bu borada (ya’ni uyquning tahoratni buzish-buzmasligi haqida) ixtilof qilishib, qarashlari to‘qqiztaga etgan.
Hanafiy mazhabi ulamolari shunday deyishgan: «O‘tirgan, tik turgan yoki sajda qilgan xolda uxlab qolgan odamga yonboshini erga qo‘ymaguncha tahorat qilish vojib emas. Ammo yonboshlasa, bo‘g‘imlari bo‘shashib ketadi. Bayhaqiy shu shaklda rivoyat qilgan. Agar yonboshlagan holda yoki chalqancha yotgan holda uxlasa, tahorat buziladi. Bu Abu Hanifa, Dovud, Hammod ibn Salama va Sufyon rohimahullohlarning qavlidir. Vallohu a’lam («Toyyibush-shaziy»). Vallohu a’lam!

3 Sentabr 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 167 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar