Boshqa diniy kitoblarni o‘qish

Assalomu alaykum! Ilm olish maqsadida boshqa dinning kitoblari va tarixini o‘qish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir so‘z va ma’lumotning inson e’tiqodi va hayotiga o‘z ta’siri bo‘ladi. Islomiy e’tiqodni mustahkam qilib olgan kishi ma’lumot sifatida boshqa din kitoblari va tarixini o‘rganishi mumkin. Aks holda haqni ko‘ra olmaydigan bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:18 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar