Savolning javobni tushunmadim
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar https://savollar.islom.uz/savol/117545 ushbu linkdagi savolga berilgan javobga tushunmadim, mani tushunishim bo‘yicha ya’juj ma’juj lardan 999 tasi sizlardan bir kishi deyishdan maqsad, ya’juj ma’jujlardan 999 tasi duzaxda 1 tasi jannatda, sizlardan 999 tangiz jannatda 1 kishi do‘zaxda deb tushunish kremi yoki duzax axlining 0,1% sizlardan kolgan 99% ya’juj ma’jujlardan deb tushunaymi ? Yana bir tushunmagan narsam Qolaversa, sizlar odamlar orasida qora ho‘kizning biqinidagi bir dona oq tukka yoki oq ho‘kizning biqinidagi bir dona qora tukka o‘xshaysizlar. mani tushunishim buyicha do‘zax axli shu darajada ko‘pki Jannatiylar qora xo‘kizning biqinidagi oq tukdek kurinadi deb tushunish kerakmi ? Oxirgi savolim ya’juj ma’jujlar xam Odam atoni avlodlarimi ? Iloji bo‘lsa biz kabi avomlar tushunadigan qilib javob bersangiz. javobingiz uchun oldindan RAHMAT.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Do‘zax ahlining 0,1% sizlardan qolgan 99% ya’juj ma’jujlardan. Do‘zax ahli shu darajada ko‘pki jannatiylar qora xo‘kizning biqinidagi oq tukdek ko‘rinadi. Bundan ya’juj ma’jujlar shunchalik darajada ko‘p bo‘lar ekanki ya’juj ma’jujlardan 999tasi do‘zaxga tushganda, sizlardan 1tangiz do‘zaxga tushadi. Boshqa hadisda ya’juj ma’jujlardan tashqari “mushrik kofirlardan 99tasi do‘zaxga tushsa 1ta mo‘min jannatga kiradi” deyilgan. Alloma Siforiniy ibn Kasirdan naql qilib, “Ya’juj ma’jujlar Odam alayhissalomning zurriyodidan bo‘lgan turkning ikki toifasidir” deb ortidan “ular Nuh alayhissalomning farzandi turk otasi Yofasning farzandlaridan” degan. (Bu erda turk deganda bizni istilohdagi turk tushunilmasin). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:18 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar