Ba’zi “Eshonlar”ning ahvollari

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, biz taraflarda har bir qavmni eshonlari bo‘ladi. O‘sha eshonning aytgan gapini hamma bajaradi. Ulardan ba’zilar muridlariga din to‘g‘risida o‘rgatadi, lekin oralarida shunday eshonlar ham borki, nomiga “eshonman” deyishadiyu, lekin aroq ichib, ba’zan zino ham qilishaveradi. Yaqinda bir odam “eshonimizning to‘yiga bordik, to‘yda aroq qo‘yilibdi” deb gapirib qoldi. Ularning urf-odaticha  eshonlar o‘g‘illaridan birini o‘rniga qo‘yishar ekan. U bolasi xoh ilmli bo‘lsin, xoh ilmsiz. Mening fikrimcha insonlarga din va shariatni o‘rgatish uchun mo‘tabar ustozlardan ilm o‘qib, bilgan narsalariga eng avvalo o‘zlari va oila a’zolari amal qilish bilan erishish kerak. Odamlar o‘sha “eshon”larni oddiy odamlardan pog‘onasi baland deb bilishib, ularni “pir” deb bilishadi. Odamlarning shu ishlari to‘g‘rimi? O‘sha “eshon”larni shunchali darajada ehtirom qilish shartmi? Ularning o‘rniga bu ehtiromlarga ilm o‘qigan va ilmiga amal qilgan masjid imomlari haqli emasmi? Afsus bizni odamlar imomlarni hurmat qilishmasada, lekin “eshon ulug‘” deb bilishadi. Agar gaplarimni to‘g‘ri tushuntira olmagan bo‘lsam uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! "Izlash xizmati"dan foydalansangiz shu kabi savol jami 24 bora javob berilgan ekan. Biz ba’zilarini qo‘ydik. https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=4

.0 
https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=20367.0 
https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=30546.0

28 Aprel 2022, 14:48 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar