Etimning boshini silash haqida
Assalomu alaykum! Biz o‘qituvchimiz va ularning shogirdlari yaxshi niyatda bolalar uyi uchun pul jamg‘ardik va sovg‘a-salomlar oldik. Ustozimiz bizlardan sovg‘a-salomlarni olib borish uchun kimlar borishi haqida so‘radi. Ko‘pchilik bormasligi haqida aytdi, jumladan men ham. Chunki ehson qilinsa bo‘ldi, Alloh ko‘rdi uni olib borib berish shart emas deb o‘yladim. Ammo bir do‘stim borishi haqida aytib qoldi. Negaligini so‘rasam hadislarda etimlarning boshini silash haqida yozilganligini, nafaqat g‘amxo‘rlik va ehson berish kerakligi, balki to‘g‘ri manoda borib ularni boshlarini silash kerakligini aytdi. So‘ramoqchi bo‘lgan narsam, haqiqatta bu hadis to‘g‘ri manoda ham tushuniladimi? Ya’ni etimning oldiga borib uni boshini silash? Savolim uzun bo‘lib ketgani uchun uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Silashdan ikki maqsad ham ko‘zda tutilgan. Bolangizni boshini silaganingizda qanchalar erkalanishini ko‘rmaysizmi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:26 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar