Ish tanlash

Assolomu alaykum! Hozirda ko‘pchilik chet ellarda o‘z sog‘ligiga zarari bor korxonalarda ishlashyapti. Bu dunyodagi orzu xavaslar uchun shu ishlarda ishlash joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi : وَأَنفِقُواْ فِي سَبِيلِ اللّهِ وَلاَ تُلْقُواْ بِأَيْدِيكُمْ إِلَى التَّهْلُكَةِ وَأَحْسِنُوَاْ إِنَّ اللّهَ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ۝ 195. Va Allohning yo‘lida nafaqa qiling. O‘zingizni halokatga tashlamang. Yaxshilik qiling, albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadir. «O‘zingizni halokatga tashlamang» jumlasida bir necha xil ma’no bor. Bir kishi o‘zining o‘limiga o‘zi sabab bo‘lsa, «o‘zini o‘zi o‘ldirdi», – deyiladi. Shunga o‘xshagan bo‘lmasin», degani. Imom Olusiy: «Ushbu oyatdan o‘limga sabab bo‘ladigan narsaga bormaslik chiqadi», – deganlar. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:27 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar