Narsalarimni tashlab yuboribdi

Assalomu alaykum! Ustozlar, biz Rassiyada ishlaymiz. Har xil odamlar bilan kvartirada birga yashaymiz. Yaqinda bir birodarimiz meni ruhsatimsiz shaxsiy buyumimni musurga tashlab yuboribdi. Albatta bu meni xursand qilmadi. Bu holatda u harom ishni qilgan bo‘ladimi? Tashlab yuborgan narsasini olib bermoqchimas. Bu dunyoda so‘ramasam qiyomatda Alloh haqqimni olib beradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar sizni shaxsiy buyumingizni yo‘q qilgan bo‘lsa, o‘zini yoki qiymatini to‘lab beradi. Lekin, arzimas narsa bo‘lsa birodaringizga u tufayli xusumat qilmasligingizni tavsiya qilamiz.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:30 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar