Halol go‘sht tekshiruvi

Assalomu aleykum! Men Hozirda Koreya davlatida o‘qiyman va bu erda biror joyga ovqatlangani borganimizda halol sertifikati bor restoranlarga boramiz. Go‘sht do‘konlarda ham halol sertifikati bor joyga kiramiz sotib olgani. Eshitishim bo‘yicha O‘zbekistonga kirib keladigon tovuq mahsuloti Xitoy va boshqa davlatlardan kelar ekan. Savolim shundaki O‘zbekistondagi chetdan kirib kelayotgan go‘sht maxsulotlarini halol seritifikati bor yoki yo‘qligini tekshirishadimi? Agar tekshirilmasa kunlik eb ichishimiz ko‘chada bo‘ladi ko‘pincha va bundan hulosa qiladigon bo‘lsak biz halol go‘sht maxsulotini istemol qilmayotgan bo‘lamiz. Bu savolning javobi butun O‘zbekiston halqi musulmonlariga foydali bo‘lardi degan umiddaman. Javob uchun oldindan kattakon rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bizda olib keluvchi shaxslarning o‘zlari surishtirishadi. Bizda ham chetdan keladigan oziq-ovqat va go‘sht mahsulotlariga siz aytgan kabi sertifikatlar bo‘yicha ish olib borilayotganini eshitdik. Duo qilib turing, yaqin kunlarda bu ham bo‘lib qoladi degan umiddamiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:30 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar