Tog‘ quyoshni to‘sishi

Assalomu alaykum! Toshkent sharqiy tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan. Tongdan keyin «Quyosh chiqishi» deganda o‘sha tog‘lar ustidan quyosh ko‘rinishi hisoblanadimi, yoki farazan tog‘larni yo‘q deb, tekislik bo‘lganda chiqqan holati inobatga olinadimi? Ya’ni holat bunday: taqvimga qarasak, namoz vaqti tugagan, ammo aslida quyosh hali ko‘rinmagan bo‘ladi. Quyosh 10-12 daqiqalardan keyin ko‘rinib qoladi. Baland  yoki past joyda bo‘lishimizga qarab namoz vaqti o‘zgaradi-ku, shunga tog‘lar qo‘yoshni to‘sgan joyda ham shundaymi, ya’ni o‘zi ko‘ringanda bomdod vaqti tugaydimi? Yoki taqvimga ham qaraladimi? Xuddi shunday, g‘arb tomonda tog‘lar bo‘lgan joylarda quyosh tog‘lar ortida ko‘rinmay g‘urubga ketadi, shunda ham shom quyosh ko‘rinmay qolganiga qarab o‘qiladimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar quyosh aslida chiqqan, lekin baland binoning orqasida turgandek ko‘rinmay tursa, chiqqan hisoblanadi. Botishda ham shunday. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:30 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar