Yana to‘yxona

Assalomu alaykum! Ming bor uzr yana eski mavzuda so‘ramoqchiman. Ijozatingiz bilan 3 ta savol bersam. To‘yxonada ish boshqaruvchi va «oxran»larga boshman.
1-Juda ko‘p o‘g‘irliklar bo‘ladi. Jumladan yosh bolachalar rosa o‘g‘irlik qiladi. Avvallari ushlasak, urshib qo‘yib yuborardik. Chunki “faqat ovqat egani keldim” deb aldab, qimmat narsalarni o‘g‘irlashar ekan. Hozir bitta xona qilib, o‘shanga o‘g‘ri bolalarni qamab kaltaklayabmiz(mayib qiladigan darajada emas). Albatta bu boshqa kemasligi uchun. Shu ishni boshlaganimdan keyn ancha kamaydi. Lekin savolim shuki, ular ichida etimlari ham bor ekan. Etimga ozor etkazish gunohligini bilaman, lekin jazolash ham kerakku. Shu ishimiz to‘g‘rimi? Lekin necha marta ushlagan bo‘lsak, boshida rosa kechirib, yaxshi gap bilan tushuntirdik, o‘xshamadi.
2-bu erda ishlaydigan «ofitsiant»lar xizmat vaqtida tanafus kilib biror narsa eb olishadi va bizgayam beriladi. To‘y egasi hammasini ko‘rib turib, indamaydi. Shu bilan u rozi bo‘lgan bo‘ladimi, yoki har safar og‘zidan roziligini olish shartmi?
3-Namozda salovat o‘qilganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin nega aynan Ibrohim alayhissalomning nomlariga salovat aytish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1-2-savollaringizni to‘y egalariga bering. Bu erda ularning roziligi e’tibor. 3-Biz “Abd” ya’ni Allohning qulimiz. Alloh va uning rasuli “shuni qil” desa, qilamiz. Hikmati O‘ziga ma’lum. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:20 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar