Qay biri noto‘g‘ri ish qilgan?

Assalomu alaykum! Savolimni misol tariqasida tushuntiraman. Masalan bir inson bozorga kirdi, tovar oldi va aravakash yolladi, lekin xizmat haqini kelishib olmadi. Aravakash ham kelishmasdan ishlayverdi, u insonni ishini bitrgach pul so‘radi. Haligi inson so‘ralgan pulni bermadi. Keyin aravakash noroziman dedi, u inson ham men ham noroziman dedi. Bu vaziyatda qay biri noto‘g‘ri ish qildi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu o‘rinda ikkisi ham noto‘g‘ri ish qilishgan. Ishni qilishdan oldin kelishib olish kerak edi. Endi shu miqdorcha ishni boshqalar necha pulga qilishayotgan bo‘lishsa, o‘shancha pulni aravakashga berish vojib bo‘ladi. Buni shariatimizda ajri misl deyiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:31 | Savol-javoblar | 197 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar