Halol kasb masalasida

Assalomu alaykum! Alloh  bilib bilmay qilgan gunoxlarimizni mag‘firat qilsin.
Men riboga aloqasi bo‘lgan ishdan harom pul ortiribman. Endi bir halol kasb topib halol ishlamoqchiman. Allohga hamdlar bo‘lsin, yaqinda bir kasb topdim. Lekin shu kasbni topishda men avvalgi xarom pullardan foydalandim(yo‘lga, telefon orkali internetdan kasb topishda, ish beruvchi bilan gaplashishda).
Endi meni topgan halol kasbdan keladigan pullar harom hisoblanadimi? Men qanday yo‘l tutishim lozim? Qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman. Alloh  sizdek ilmli kishilardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yangi kasbingiz halol kasb bo‘lsa, undan topganingiz harom bo‘lmaydi. Oldingi kasbingizdan ya’ni aniq haromdan topgan daromadingizni savob umid qilmasdan muhtojlarga berib yuborasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:32 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar