Ziynat emasmi?
Assalomu alaykum! Savol-javobdan iqtibos :
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ayollarni har xil naqshlar bilan qo‘liga xina qo‘yishi durustmi?
Durust.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Iqtibos tugadi.
Savolim, ko‘cha-ko‘yda hammi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qo‘yish durust, lekin ayollar nomahramlarga avrat joylarini ko‘rsatish joiz emas. Avrat bo‘lmagan joylaridagisi fitnaga soladigan bo‘lsa, ko‘rsatishi joiz emas. Qo‘llariga hinno qo‘ymaslik, bir nav’ ayollar o‘zlarini erkaklarga o‘xshatish hisoblanadi. Hadisda bundan qaytarilgan.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رضي الله عنه: أَوْمَتِ امْرَأَةٌ مِنْ وَرَاءِ سِتْرٍ بِيَدِهَا كِتَابٌ إِلَى النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم فَقَبَضَ يَدَهُ، فَقَالَ: مَا أَدْرِي أَيَدُ رَجُلٍ أَمْ يَدُ امْرَأَةٍ؟ قَالَتْ: بَلْ يَدُ امْرَأَةٍ، قَالَ: لَوْ كُنْتِ امْرَأَةً لَغَيَّرْتِ أَظْفَارَكِ بِالْحِنَّاءِ. رَوَاهُمَا أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir ayol parda ortidan qo‘li ila Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga maktub uzatdi. Bas, u zot qo‘llarini tortdilar va:
«Bilmadim, bu erkakning qo‘limi, ayolning qo‘limi?» dedilar.
«Ayolning qo‘li», dedi u.
«Ayol bo‘lsang, tirnoqlaringga hinno qo‘yib olsang bo‘lmasmidi», dedilar u zot».
Ikkisini Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Yaqqol ko‘rinib turibdiki, Islomda ayol kishilarning o‘zlariga qarashlariga, go‘zallik va latofatlarini turli yo‘llar bilan saqlash, parvarish qilishlariga katta e’tibor berilgan. Haddan oshmay, me’yorida pardoz ishlarining o‘rniga qo‘yilishi targ‘ib qilingan.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:41 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom