Tabiblar uchun mukofot

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin va bizlarni ham undan foydalanishni nasib etsin.  Savolim quyidagicha:
Tabiblar ba’zan tashxisni oydinlashtirish uchun bemorlarni tekshiruvlarga MRT, KT, MSKT kabi xususiy klinikalarga yuborishadi. Bunda xususiy klinika ma’muriyati tabibga mukofot sifatida har bir yuborilgan kasaldan ma’lum miqdorda mablag‘ ajratishadi. Ushbu pulni olish halolmi? Izlash xizmatidan bunga o‘xshash savol topa olmadim. Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tabib, bemorga bir necha variantlarni aytsa, bemor shulardan birini tanlash ixtiyori bo‘lsa, shuningdek o‘sha kompaniya bemor to‘laydigan pulga tabibga beriladigan mablag‘ni qo‘shmasa, bemorni aldash holati umuman bo‘lmasa joiz bo‘ladi. Ammo quyidagi linkda kelgani kabi holat bo‘lsa, mutlaqo mumkin bo‘lmaydi. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/84578

26 May 2022, 08:33 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar