Qaysilari gunohkor?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men ikki toifa insonlarni ko‘rib ikkilanib qoldim birinchi toifa insonlar birovga zarar etkazmaydilar ilimli insonlarku lekin ibodatda bo‘lmaydilar. Hech bo‘lmasa Alloh deya janoza hayit namozlariga chiqmaydilar ham. Ikkinchi toifa esa gunoh ishlar qilsada Allohdan mag‘firat so‘rab ibodatda bo‘ladilar. Meni ikklantirgan narsa bu ikki toifa insonlarda qaybirlari ko‘proq gunohkor hisoblanadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har ikkisida yaxshilik bo‘lmasada, shariatimizda bir farzni tark qilishning gunohi bir nechta harom ishlarga qo‘l urishning gunohidan og‘irroqdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:33 | Savol-javoblar | 148 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar