Mashxur brendlarni ishlatish

Assalomu alaykum! Hozirda ko‘plab mahalliy kiyim ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarida Adidas, Lakoste kabi mashxur kiyim ishlab chiqaruvchi brendlarning logotiplarini va yozuvlarini bezak sifatida ishlatishmoqda. Bazilar esa umuman kiyim ishlab chiqarmaydigan kompaniyalarning Apple, Samsung va har xil futbol klublari brendlarini bezak sifatida ishlatishmoqda. Oluvchi ham bu logotiplar bezak ekanligini bilishadi. Hech kim bu o‘sha mashxur kompaniyaning mahsulati deb olmaydi. Bulardan bezak sifatida foydalanish joizmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar o‘sha belgilarni egalari uni mualliflik haqqi sifatida bilishsa, uni ishlatish joiz bo‘lmaydi. Mualliflik huquqlariga rioya qilish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:37 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar