Savdo turlaridan biri
Assalomu alaykum! Do‘stimni bir taklif o‘ylantirib qo‘ydi, U oziq-ovqat do‘konini yuritadi. Unga tez-tez mahsulot sotuvchi optomchilar kelib takliflar berishadi. Shu takliflardan biriga qiziqib qoldi ammo bu joiz yoki nojoizligiga ikkilanyapmiz. Taklif quyidagicha: Optomchi "menga oldindan shuncha pul bering, va men buncha oy davomida, har oy uchun bunchadan mahsulot berib boraman, sizga mahsulotimiz arzonga aylanadi, men esa pulingizni biznesimni oborotiga tikaman" deb aytgan. Ya’ni, agar do‘stim 1000$ beradigan bo‘lsa, kelishilgan muddat tugaganda hozirgi narxda xisoblansa 1200$ lik mahsulotga ega bo‘ladi. Ushbu savdo turi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shartnoma tuzilayotgan paytda sotiladigan narsaning hamma qiymatini yoki ba’zi bir qismini naqd berib sotuvchi molni keyinroq topshirishni shart qilsa, shu bay’ (savdo) joiz bo‘ladimi?Javob. Bay’ning asli savdolashilgandan keyin sotuvchining zimmasiga sotilgan molni topshirish, xaridorga esa uning narxini naqdga kelishilgan bo‘lsa naqd, nasiyaga kelishilgan bo‘lsa, muddati kelgan paytida to‘lash vojib bo‘ladi.Lekin sotuvchi savdolashayotgan molni keyinroq berishni shart qilishi bay’ taqozo qilgan narsa emas. Bu shart fuqaholar nazdida fosid shart hisoblanadi. Narxini avvaldan to‘lab molni ma’lum bir muddatdan keyin qo‘lga olish bitimi fuqaholar nazdida istijror savdosi qatoriga kirib, bu tuzilgan bitm bay’ emas, balki bay’ga va’dalashuv hisoblanadi. Savdo bitimi molni haridorga topshirilgan vaqtda nihoyasiga etgan bo‘ladi. Shunga binoan, xaridor molni qo‘lga olmasdan turib, o‘ziniki bo‘lmagan narsani sotish, birovga hadya qilish kabi molni tasarruf qilishi joiz emas.وَمَنْ بَاعَ عَيْنًا عَلَى أَنْ لَا يُسَلِّمَهُ إلَى رَأْسِ الشَّهْرِ، فَالْبَيْعُ فَاسِدٌ؛ لِأَنَّ الْأَجَلَ فِي الْمَبِيعِ الْعَيْنِ بَاطِلٌ، فَيَكُونُ شَرْطًا فَاسِدًا، وَهَذَا؛ لِأَنَّ الْأَجَلَ شُرِعَ تَرْفِيهًا، فَيَلِيقُ بِالدُّيُونِ دُونَ الْأَعْيَانِ.Kim muayyan bir molni (salam savdosidan tashqari) bir oygacha xaridorga topshirmaslikni shart qilsa, savdo fosid bo‘ladi (chunki narxning nasiyasi joiz) molning nasiyasi botildir. (Hidoya). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 22:25 | Savol-javoblar | 168 | Moliya va tijorat