Yo‘lda singan narsa

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bir kishi mendan uyiga tennis raketkasi shaklida pashsha tutgich (2 ta 10 dan 20 dollar) berib yuborgan edi. Taksiga yuklarni solganda, ramkasi sinib qolibdi. Skochlansa yoki kley bilan yopishtirilsa bo‘ldi. “Bittasini to‘lay, bittasini olib ketishsin” desam, yana “kerakmas” deb sms yozvordi. Qaytib kelgandan keyin yana “kerakmas” dedi. Men shunda “sizdan so‘rayman, nima desalar shuni qilaman” dedim. Nima qilishim kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kerakmas deganda to‘lamasang, mayli degan bo‘lsa, kechvorgan bo‘ladi. Bu joiz.

26 May 2022, 19:03 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar