Namozdagi salom
Assalomu alaykum! Namozda salom (assalamu alaykum va roxmatullox) degandan so‘ng val barokoti maloikot deb aytsa bo‘lar ekan. Shu gap qanchalik haqiqatga yaqin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ مِفْتَاحُ الصَّلَاةِ الطُّهُورُ، وَتَحْرِيمُهَا التَّكْبِيرُ، وَتَحْلِيلُهَا التَّسْلِيمُ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Namozning kaliti poklikdir, uning (boshqa ishlarni) harom qiluvchisi takbirdir, halol qiluvchisi esa salomdir», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doimo namozning oxirida salom berganlari ko‘plab hadislarda rivoyat qilingan. Eng ozi – ikki marta «Assalomu», deyish. Mukammali – «Assalomu alaykum va rohmatulloh», deya o‘ng va chap taraflarga qarash. Imom salom berganda ortidagi namozxonlarni, hafaza (saqlovchi) farishtalarni va ahli solih jinlarni niyat qiladi. Muqtadiy o‘z salomi ila imomga alikni va qavm hamda hafaza (qo‘riqchi) farishtalarni va ahli solih jinlarni niyat qiladi. Yakka namozxon salomida farishtalarni niyat qiladi. Ikkinchi salomida ovozini birinchisidan ko‘ra bir oz pasaytiradi. Muqtadiyning salomi imomning salomidan bevosita keyin bo‘ladi. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:38 | Savol-javoblar | 149 | Ibodatlar