Bir odamni Imom Mahdiy deb aytish
Assalamu alaykum! Bir odamni Imom Mahdiy deb aytishligning hukmi nima bo‘ladi? U odam hoh tirik yoki o‘lgan bo‘lsin? “Sunniy aqiydalar” kitobida ko‘rdim, lekin hukmi yozilmabdi. Imom Mahdiy to‘g‘risida aqiyda imomlarimiz e’tiqod qilishi to‘g‘risida nima deganlar? Vojibmi yoki boshqami? Savolda xato bo‘lsa oldindan uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! [url=https://islom.uz/content/view/1146/191/https://islom.uz/content/view/1146/191/[/url] Haqiqiy imom Mahdiy kelmagunicha, boshqalar o‘zlarini yoki boshqalarni Mahdiy deb atashsa va “o‘sha hadislarda zikr qilingan Mahdiy” deyishsa bu yolg‘on bo‘ladi va harom ishga qo‘l urgan bo‘lishadi.
Qiyomat g‘aybiy ish bo‘lib, uning haqiqiy ilmi “A’limul g‘oyb” bo‘lgan Alloh taolodan boshqasiga ma’lum emas. Qur’oni Karimda : “Qiyomat ilmi Allohgagina ma’lum” deyilgan. Boshqa bir o‘rinda sizdan qiyomat qachon bo‘lishi to‘g‘risida so‘rashadi, uni zikr qilishdan nima ishingiz bor, uning oxirgi ilmi Robbingiz huzuridadir. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam hadislaridan ham qiyomatni qachon bo‘lishi Allohga ma’lumligi zikr qilingan. Lekin Rosululloh sollallohu alayhi vasallam siz bilan bizga ba’zi alomatlarini aytib berganlar. U alomatlar ikki qismga bo‘linib, ba’zilari kichik alomatlar, ba’zilarini katta alomatlar deyiladi. Jabroil alayhissalomning iymon, islom, ehson to‘g‘risida so‘ragan hadislarida beshta alomatini zikr qilib o‘tdilar. Boshqa bir o‘rinda Buxoriydan kelgan rivoyatda “ilmning ozayishi, jaholatning ko‘payishi, zino keng tarqalib, aroqlar ichilib, erkaklar ozayib, ayollar ko‘payishi. Hatto bir erkakka 50 ayol to‘g‘ri kelishi” aytilgan. Bu “alomatlarning ortidanoq qiyomat bo‘ladi” degani emas. Balki qiyomatga yaqin bo‘ladigan uning alomatlari ekanligi bildiriladi. Aslida Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning payg‘ambar qilib yuborilishlari ham qiyomatning alomatlaridan biri hisoblanadi. Katta alomatlari esa qiyomatga yaqin birin-ketin odatga xilof ravishda sodir bo‘ladi. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda ulardan 10tasi zikr qilingan. O‘sha katta alomatlaridan biri oxiri zamonda imom Mahdiyning kelishlari, Iso alayhissalomning u kishiga iqtido qilib namoz o‘qishlaridir. Imom Mahdiyga ta’luqli bo‘lgan rivoyatlar roviylarning ko‘pligi jihatidan ma’naviy mutavotir darajasiga etgan. U kishi Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning xonadon ahlidan bo‘lib, 7 yilgacha hukumronlik qiladilar. Dunyoni adolatga to‘ldiradilar, Dajjolning o‘ldirishda Iso alayhissalom u kishiga yordamga tushadilar. Iso alayhissalom namozda u kishiga iqtido qiladilar. Hofiz ibni Qoyyyum “Al manorul Munif”, Muhammad ibni Ahmad Siforiyning “Lavoihul anvarul bahiyya”, Alloma Mar’iy ibn Yusuf “Favoidul fikr” kitoblarida, imom Qurtubiy “Attazkirotu fiy ahvalil mavta va umuril axiroh”larda imom Mahdiy haqida zikr qilishgan. U zotning haqlarida kelgan hadislar “Musnadi Ahmad”, “Sunan Termiziy”, “Abu Dovud”, “Ibni Moja”, “Hokim”, “Tabaroniy”, “Abu Ya’lo Musiliy” va “Bazzor” kabi roviylar tarafidan zikr qilingan. U kishining kelajakda kelishlariga iymon keltirish alloma Siforiyning qavllariga ko‘ra vojib amal hisoblanadi. Sayyid Husayn Madaniy rohimahulloh “Al xolifatul Mahdiy fil ahadisissahiha” nomli asarlarida imom Mahdiy haqlarida aytilgan 37ta sahih hadisni keltirganlar. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar