Halollasa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Uyimizda anchadan beri bir pribor (tok kuchlanishi, qarshiligi va hokazolarni o‘lchovchi) bor, oldinlari yosh bola bo‘lganligim uchun uni tushunmas edim, hozirda o‘zim insitutda shu sohada o‘qiyotganim uchun u pribor menga juda kerak bo‘lyapti. Uni qaerdan kelganligini so‘rasam onam ancha yillar oldin kollejda ishlayotgan paytida kollejdan olvogan ekanlar. Bu narsa halolligiga katta shubhadaman. Ammo o‘sha kollejga qaytib oborishni hozirda deyarli imkoni yo‘q. Qanday yo‘l bilan o‘sha qurulmadan xotirjam foydalana olsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U qurilmani onangiz olgan joyga olib borib qo‘ysangiz onangizni oxiratdagi katta sharmandalikdan qutqargan bo‘lasiz. Agar imkoni bo‘lmasa, uni qiymati barobaridagi biron buyumni o‘sha kollejga mulk qilib bering. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:39 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom