Odamga jin, shayton kirishi mumkinmi?

Sizga bir masala yuzasidan savol bermoqchi edim. 2 yil avval kelinoyim bir fojeadan ta’sirlanib, har narsadan qo‘rqadigan bo‘lib qoldi. Shuning uchun shahrimizdagi bir mullaning oldiga olib bordik. U kishi kelinoyimga jin kirganini va Qur’oni Karimdan oyatlar o‘qib uni chiqarish mumkinligini aytdi. Keyin kelinoyimni yotgan holatda bosh tarafidan turib baland ovozda o‘qiy boshladi. Kelinoyimning qulog‘iga o‘qigan edi, qo‘l oyoqlari qimirlab, qattiq, tez titrab tebrana boshladi. Mulla jin kirgan bo‘lsa shunaqa bo‘lishini aytdi. Bir necha kun o‘qigach, jin chiqqanini aytdi. Rostdan shunday bo‘lishi mumkinmi? Ya’ni odamga jin kirishi mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oyat va hadislarda “jin tegish” ma’nosi kelgan, “kirish” degani yo‘q. Hanbaliy mazhabidan boshqa mazhablarda ham “Jin kirish” degan gap yo‘q. Bunday holatdan saqlanish uchun kishi imonni mustahkam qilib, mahlum oyat va duolarni o‘qib yurmog‘i kerak.

20 Aprel 2022, 21:03 | Savol-javoblar | 208 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar