Ayollarni bozoga chiqishi to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Ayolim ro‘mol o‘rab yuradi va namozlarini vaqtida o‘qiydi. Oilaga yordam qilish maqsadida bozorga savdo sotiq qilish uchun va tovarlar olib kelish uchun O‘zbekiston xududida safarga chiqishi shar’an joizmi? Ruxsat bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=27233.0 عَنْ أَبِى سَعِيدٍ الْخُدْرِىِّ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لاَ يَحِلُّ لاِمْرَأَةٍ تُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ أَنْ تُسَافِرَ سَفَرًا يَكُونُ ثَلاَثَةَ أَيَّامٍ فَصَاعِدًا إِلاَّ وَمَعَهَا أَبُوهَا أَوِ ابْنُهَا أَوْ زَوْجُهَا أَوْ أَخُوهَا أَوْ ذُو مَحْرَمٍ مِنْهَا Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayol uchun uch kunlik va undan ortiq masofaga otasi yoki o‘g‘li yoki eri yoki aka-ukasi yoki mahram qarindoshisiz safar qilishi xalol bo‘lmaydi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:43 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar