Imom bilan bahslashish odobi

Assalomu alaykum! Juma kunlari yoki har xil tadbirlarda imomlar va’z o‘qiydi. Albatta, ular fikrlarini Qur’oni Karim oyatlari, hadislar bilan asoslashadi. Ba’zi holatlarda, ularning tafsirini o‘zlari tushungan yo‘sinda aytishadi yoki hadisning sahihligi haqida aytmasdan keltirib o‘tishadi. Qisqasi, eshituvchida shubha paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan bir qator boshqa vaziyatlar ham uchrashi mumkin. Shunda haqiqatni yuzaga chiqarish maqsadidagina tinglovchilar imomga savol berishmoqchi bo‘lishsa yoki unga qarshi dalil yoki fikr keltirishini istashsa, qay yo‘sinda amal oshirganlari ma’qul. E’tibor va javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! O‘zlarini oldiga kirib, yolg‘iz holda savol berish mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:04 | Savol-javoblar | 146 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar