Birovga pul uchun ishini qilib berish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh xayrli ishlaringiz ajri-savobini va foydali ilmingizni ziyoda qilsin! Men talabaman. Pulga boshqalarning diplom va kurs ishlarini tayyorlab beraman. Ular esa universitetning ushbu ishlarni qabul qiluvchi hay’atiga buni o‘z nomidan topshiradi. Ya’ni, o‘zlari qilmagan ish uchun baho olishadi va yolg‘on ishlatishga ham to‘g‘ri keladi. Ulardan olgan pulim halolmi yoki yo‘q?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qoidani buzish orqali bo‘lgan yordam yomonlikdir. Vallohu a’lam. https://savollar.islom.uz/savol/5001

26 May 2022, 08:43 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar