Tovuqni qimmatroqqa sotsak bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, men bozordan tovuq olib kelib uyda ba’zilarini 3-4 kun ba’zilarini ko‘proq boqib, olgan narximdan 10-15 baravar qimmatiga sotaman. Parranda va boshqa hayvonlarni shunday sotishimiz joizmi? Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Boqib keyin sotsangiz joiz. Olishda va sotishda insof qilsangiz  topganingizda baraka bo‘ladi. Barakaning bir misoli Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh mav’izalarining birida hikoya qiladilar. Bir viloyatning hokimi(ular uni navvob deb nomlashadi) meni mehmonga chaqirdi. Uyi, holati va dasturxonidan juda boy inson ekanligi ko‘rinib turar edi. Suhbat asnosida o‘zini bemorligidan shikoyat qildi, shuncha boyligi bo‘laturib shifokor unga go‘shtni qiymalab dokaga o‘rab qaynatib faqat suvini ichishnigina tavsiya qilgan ekan. undan boshqa oavqat tomog‘idan o‘tmas ekan. U uydagi og‘ir mehnatlarni qilib, xohlagan taomidan to‘ygunicha eb miriqib uxlaganlarni ko‘rib ularga xavasi kelishini aytdi. Mana shu uning boyligida baraka yo‘qligining alomatidir. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 23:07 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar