Rukudan qaytishdagi tasbeh

Assalomu alaykum! Ustozlar. imom rukudan turayotganda "samiAllohu liman xamidaxda" x larni almashtirsa, ya’ni xoyi xuffoz bilan xoyyi xuttini. Namoz buziladimi? Javobingiz uchun oldindan Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hamidah deb birinchi H ni Rohmaan lafzidagi H bilan aytsa “Allohga hamd aytganni” ma’nosini bildiradi. Alloh lafzidagi H bilan aytsa “O‘chib qolganni” degan ma’noga o‘zgaradi. Buzilish yoki buzilmasligini bilmaymiz. Agar so‘z oxiridagi Hni ha Rohmaan so‘zidagi H qilib o‘qisa qo‘pol xato qilgan bo‘ladi. Buni ham buzilish yoki buzilmasligini bilmaymiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:08 | Savol-javoblar | 180 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar