Ota rozi bo‘ladigan farzand
Assalomu alaykum! Ota rozi bo‘ladigan farzand qanday bo‘lishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : ota jannatga kirishdagi eng yaxshi darvozadir. (xohlasang) O‘sha narsani zoil qil, xohlasang uni saqlab qol. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : otaga itoat qilish Alloh taologa itoat qilishdir. Otaga osiy bo‘lish Alloh taologa osiy bo‘lishdir. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar : “Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan amallarning eng Allohga mahbubi qaysi – deb so‘radim. U zot “O‘z vaqtida o‘qilgan namoz” dedilar. “So‘ng qaysi” dedim. “ota-onaga yaxshilik qilish” dedilar”. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Robbning roziligi otaning roziligidadir, Robbning noroziligi otaning noroziligidadir”. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Uchta duo shak-shubhasiz ijobaddir. Mazlumning, musofirning va otaning farzandiga qilgan duosi” dedilar. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kimni umri uzoq bo‘lishi va rizqi ziyoda bo‘lishi xursand qilsa, ota-onasiga yaxshilik va silai rahm qilsin” deganlar. Ota-onaga yaxshilik qilish gunohlarga kafforatdir. Ibn Umar roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir kishi kelib, “Ey Allohning rasuli men ulkan gunoh qilib qo‘ydim, tavba qilsam mening tavbam qabul bo‘ladimi” dedi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam “Onang bormi” dedilar. U “yo‘q” dedi. “Xolang bormi” dedilar. U “Ha” dedi. “Xolanga yaxshilik qil(shunda seni gunohing kechiriladi)” dedilar. Ota-onaga itoatda bo‘lish muammolarning echimiga sabab va najot topishga vositadir. Vallohu a’lam! https://quran.uz/home/qurani-suhbatlar/554-maqola.html
26 May 2022, 08:47 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush