Chet el adabiyoti, Tarixiy romanlarni o‘qish mumkinmi?

Meni tarixga qiziqishim bor. Tarixga oid chet el yozuvchilari yozgan tarixiy roman va kitoblarni o‘qishga ruxsat bormi? Akam uyda turgan shu kitoblarimni ko‘rib, "Rasululloh (s.a.v) Umar (r.a) ni Tavrot o‘qib o‘tirganlarini ko‘rib, men senga bu kitobdan ham yaxshisini olib keldimku?"(hadisning aniq matni yodimda yo‘qligi uchun esimda qolgan ma’nosini xato va kamchilik bilan bo‘lsa ham yozdim) degan hadislarini eshitmaganmiding?” dedilar. Shu hadisni eshitganimdan keyin “o‘qisam bo‘ladimi yoki yo‘qmi?” deb shubhalanib qoldim. Qimmatli vaqtingizni olgan bo‘lsam uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Dinga salbiy tasiri bo‘lmasa, bo‘ladi.

26 May 2022, 17:19 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar