Bilmaganga halol

Assalomu alaykum! Ustozlar, “Bilmaganga halol”,  bu jumla mantiqan to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Go‘sht va go‘sht mahsulotlari haqida noto‘g‘ri. Ulardan boshqasi haqida to‘g‘ri. Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi.  Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi. Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:47 | Savol-javoblar | 175 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar